Sport- salomatlik garovi ekanligi barchamizga yaxshi ma`lum. Shu bois, oila davrasida ham sport bilan shugʻullanish ommaviy tus olgan. Sogʻlom turmush tarziga amal qilayotgan bolajonlarimiz soni kun sayin koʻpayib borayotgani fikrimiz dalilidir.
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida istiqomat qilayotgan Zokirovlar oilasif arzandlari ham sport bilan muntazam shugʻullanishadi.
Birinchi musobaqa oila a`zolari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Stol tennisi boʻyicha oʻzaro kuch sinashishga bel bogʻlagan aka-ukalar tennis stolini oʻyin uchun moslab, bahslarga kirishib ketdi. Qizgʻin bahslar natijasiga koʻra, doʻstlik gʻalaba qozonib, bolajonlar oʻz mahoratlarini yanada oshirdi.
Yigitlarning endigi maqsadi maktab va mahalladagi tengdoshlari bilan kuch sinashib, ular ustidan gʻalaba qozonish.