Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi Joʻrabek Qurbonovlar oilasi Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 nafar bolalarni oʻz qaramogʻiga olib, "Musaffo qalblar makoni" nomli oilaviy bolalar uyi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
Davlatimiz rahbarining “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori tufayli ularning serfarzand oila, bolalarning shoʻx kulgisini tinglashdek azaliy orzulari amalga oshdi.
Yangi hayotga qadam qoʻygan barcha bolajonlarimizga omad va baxt tilaymiz!
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: