Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida joriy qilingan yangi tizim doirasida joylardagi hokimliklar, Xalq taʼlimi, Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Xususan, Andijon viloyatida Mehribonlik uylarining 30 yoshgacha bo‘lgan 36 nafar sobiq tarbiyalanuvchilari, belgilangan tartibda o‘rganilgan holda barcha sharoitga ega bo‘lgan uy-joy bilan taʼminlandilar.
Shuningdek, ushbu viloyatda joylashgan Bolalar shaharchasidan Umarovlar oilasi 7 nafar, Usmonovlar oilasi 5 nafar va Bo‘tayevlar oilasi 7 nafar o‘g‘il-qizlarni o‘z qaramog‘iga olib, Oilaviy bolalar uylari faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.