Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurib, bolalarning yashash sharoiti, ma’naviy-ruhiy muhitini o`rganishmoqda, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor bu kabi tadbirlar haqida Mehribonlik.uz saytida tez-tez ma`lumotlar berib boriladi. Xo`sh bu uchrashuvlar aslida qanday sodir bo`ladi. Asatulloyevlar oilasi farzandlari Milliy gvardiya Axborot xizmatiga o`zlarining suratlarini jo`natishdi. Mazkur suratlarda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi bir guruh masʼullari tomonidan Asatulloyevlar xonadoniga tashrifi tasvirlangan edi.
Eʼtirof etish joizki, bugungi kunda mazkur xonadonda 7 nafar bolajonlar tarbiyalanib, ularning barchasi mehr va g‘amxo‘rlik og`ushida o‘smoqda.
Tashrif davomida mehmonlar bolajonlarning yashash sharoitlari, mahalladagi tengdoshlaridan kimlar bilan do‘stlashganliklari, orzulari, qanday kitoblarni yaxshi ko‘rishlari, qaysi sportga qiziqishlari haqida dildan suhbatlashdilar. Bolalar ham o‘z navbatida, kattalardan bolaliklari qanday kechgani, maktabga qanday o‘qiganliklari haqida so‘radi.
Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan bolajonlarga shirinliklar ulashildi.