Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Shahrisabz shahri, Qarshi va Kasbi tumanlaridagi Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bolalarning yashash sharoiti, o‘qishi, to‘garak va sport seksiyalarida mashg‘ulotlarning o‘tkazilish tartibini o‘rganish edi.
Suhbat davomida bolajonlar o‘z orzulari va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar, maktabda oʻzlashtirgan bilimlari, to‘garak va seksiyalardagi muvaffaqiyatlari, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari haqida soʻzlab berdi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: