Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurib, bolalarning yashash sharoiti, qiziqishlari va yozgi taʼtil rejalari bilan tanishdilar.Tashrif davomida mehmonlar bolalar va ota-onalar bilan yakka hamda jamoaviy tarzda suhbat oʻtkazdilar.
Shuningdek, ota-onalarga bola tarbiyasi boʻyicha tavsiyalar berilib, bolalar bilan boʻlsa, muloqot koʻnikmalari va oʻzlariga nisbatan ishonchni oshirishga xizmat qiluvchi treninglar tashkil etildi.
Tadbir yakunida harbiylar bolaligida oʻzlari sevib oʻqigan kitoblarini bolajonlarga sovgʻa qildilar. Ushbu kitoblarni birgalikda oʻqish va voqealar muhokamasi oʻgʻil-qizlarga juda manzur boʻldi.