Sayohatni tarbiyalanuvchilar Buxoro shahrining tarixiy hisoblangan Eski shahar qismidan boshlab, Ark, Poyi kalon ansambli, Minorai kalon, Mir Arab madrasasi, Masjidi kalon, Amir Olimxon madrasalari, Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, Savdo Tokilari, Toki Sarraxon, Toki Zargaron, Labi xovus ansambli, Nodir devonbegi madrasasi, Chor-Bakir ziyoratgoxi, Sitorai Moxixosa yozgi saroyi, Baxouddin Nakshbandiy ziyoratgohi kabi qadimiy obidalarni tomosha qilishdi. Bugungi unutilmas va taassurotlarga boy o‘tgan bu sayohat bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyatbag‘ishladi.