1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Oilaviy bolalar uyi o‘g‘il-qizlari uchun Guliston shahridagi istirohat bog‘iga sayohat tashkillashtirildi .
Bolajonlar odatda turli xil attraksionlarda, karuselda sayr qilishni, “Kulgi xonasi”da zavqlanishni, o‘q otish maydonida aniqlik va tezlik bo‘yicha bellashishni juda yaxshi ko‘rishadi.
Shu bois, kechagi kun ham ular uchun juda qiziqarli oʻtdi. Barcha attraksionlar bolajonlarga mutlaqo bepul taqdim etilganligi haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.
Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari esdalik uchun suratga tushishdi.