Poytaxtimizdagi 22-sonli mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari uchun O‘zbekiston Milliy Universiteti magistirlari va harbiy hizmatchilar tomonidan maʼnaviy maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda harbiy qismning "Yosh gvardiyachilar" terma jamoasidan tashkil topgan muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qiziqarli sahnalashtirilgan chiqishlar va jonli ijroda qo‘shiqlar ijro etildi. Universitet magistirlari tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari tadbirda faol ishtirok etgan va qiziqarli savollarga javob bergan topqir bolajonlarga topshirildi.