14 sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent viloyati Milliy Gvardiya boshqaruv rahbariyati va «Amirsoy» sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda «Beldersoy»dam olish majmuasiga sayohat uyushtirildi.
Yigitlar maxsus tog‘ tayoqchalarida tog‘dan pastga tushishdi hamda qish tog‘larning maftunkor ko‘rinishini tomosha qilishdi. Kunning so‘ngida bolalarga sovg‘alar topshirildi. Bu kun bolalarga olam olam quvonch bag‘ishladi.