Mustaqillik - buyuk ne'mat. Uni qadrlash, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun shukronalik ertangi kunga ishonch va yangi marralar sari intilish demakdir. Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonasini xalqimiz va ayniqsa yoshlar bugun chuqur his qilib, keng nishonlamoqda. "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida viloyatimiz bo'ylab turli loyiha va tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bobur shahrida ham aynan shu mazmunda harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi. Harbiy texnika, otliq askarlar, harbiylar xizmatchilar va yoshlar paradi bilan boshlangan festival, "Vatanparvarlar bog'i"da tashkil etilgan ko'rgazma bilan davom etdi. Ko'rgazmali habiy chiqishlar, harbiy orkestr tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi festivalga yanada ko'tarinki ruh va shukuh bag'ishladi.