Joriy yilning 28-aprel kuni Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼul ofitserlari Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylarining faoliyati, mavjud muammolar, bolajonlarning oʻqishi, turmush-tarzi, axloqiy-ruhiy holatini aniqlash va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida oʻgʻil-qizlar bilan dildan suhbat tashkil etilib, ularning qiziqishlari,maqsadlari hamda doʻstlari bilan munosabatlari oʻrganildi. Bolajonlar ham oʻz navbatida,mehmonlarga shugʻullanayotgan sportning turlari, erishayotgan yutuqlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.