Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Jizzax viloyati viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun Shahrisabzning Amir Temur xiyoboniga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat davomida yoshlar xiyoboning diqqatga sazovor joylar va tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida vatanga boʻlgan muhabbat hisini yanada yuksaltirishga keng zamin yaratmoqda.