Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi hamda SOS Bolalar mahallalari Urganch filiali rahbariyati hamkorligida mahalla oilalarda tarbiyalanayotgan bolajonlarimiz uchun kirib kelayotgan yangi yil bayrami tantanali nishonlandi. Tadbirda, bayram dasturxoni yozilib, viloyatdagi hushovoz xonandalarning konsert dasturlari hamda ertak qahramonlarining chiqishlari va bolajonlarimizning o‘zlari tomonidan tayyorlangan har xil badiiy sahna chiqishlari bayramga yana-da o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Bolajonlarimizga homiylar tomonidan yangi yil sovg‘alari ulashildi.