Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yozgi taʼtilni “Gulbahor”bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazmoqda. Bolajonlar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari, ong va qalb uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlar va turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bolajonlar uchun eng esda qolarli voqea bu kinochilar uyiga borishgani bo‘ldi.U yerda hamma birgalikda “101-Reys” filmini tomosha qilishdi. Film haqiqiy voqealarga asoslangan bo‘lib,unda bosh uchuvchi Zarif Saidazimovning nafaqaga chiqishidan oldin so‘nggi parvozi haqida hikoya qilingan. Dramatik syujet o‘smir yoshlarda katta taassurot qoldirdi.