1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan A.P. Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyining faollar zalida O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda konsert dasturi tashkil etdi.
Ushbu musiqiy dastur oldidan Mehribonlik uyining kutubxonasiga O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan 200 dan ortiq turli maqomga oid hamda badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Shundan so‘ng, xushovoz xonandalarning kuylagan diltortar kuy-qo‘shiqlariga bolajonlar mazza qilib raqsga tushishdi. Har bir yangragan ijrolar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.