Joriy yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi, “Qo‘riqlash” boshqarmasi va shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur ko‘rikka kardiolog, nevropatolog, pediatr, endokrinolog, oftalmolog,terapevt, stomatolog kabi mutaxassislar jalb etilib, 59 nafar o‘g‘il-qizlar EKG, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi hamda laboratoriya tahlili tekshiruvidan o‘tkazildi. Shuningdek, 2 nafar bolajonga davolanish uchun yo‘llanma taqdim etildi.