Oilaviy bolalar uylarida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik va xavfsiz sharoitlarni taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida o‘rganish ishlari olib borildi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari, sog‘liqni saqlash bo‘linmalari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhlar bilan birga xonadonlarning havo harorati o‘rganilib, bolalarning sog‘lig‘i, yong‘in xavfsizligi tekshiruvdan o‘tkazildi.
Xonadon sohiblariga is gazidan zaharlanish, elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tashkil etilgan 5-son "Oilaviy bolalar uyi"ga ehtiyojlariga binoan 1 (bir) dona elektr quvvatlagich yetkazib berildi.