Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Karmana tumanida istiqomat qiluvchi Dilbar Adizovna Orziyeva tomonidan tashkil etilgan "Yangi zamon bolalar uyi" nomli Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurishdi. Suhbat davomida mehmonlar bolalardan yozgi taʼtilni oʻtkazish rejalari va orzulari haqida soʻrashdi. Bolajonlar ham o’z navbatida, yozgi taʼtilda oromgohlarga borish, salqin bogʻlarda aka-uka va opa-singillari bilan birgalikda dam olish hamda turli xil sport tadbirlarida ishtirok etish kabi orzulari bilan boʻlishdi. Shuningdek, ular Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishni juda yaxshi koʻrishlarini tan olishdi. Bolajonlarga dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni jalb qiluvchi tarixiy joylarga boʻlgan ekskursiya juda yoqadi.