Toshkent viloyati “Qo`riqlash” boshqarmasi xodimlari Nurafshon shahridagi “Shirin mehrim” va Chirchiq shahridagi “Mehr go‘shasi”nomli Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning yashash sharoiti hamda yozgi ta’til rejalari bilan tanishish edi.
Dildan kechgan suhbat mavzusi og`il-qizlarning orzulari, maqsadlari, to‘garak va sport seksiyalarida o`zlashtirgan bilim hamda ko`nikmalari bo`ldi. Tadbir so`nggida xodimlar bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida esdalik sovg'alarini taqdim etdi.