Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan Peshku tumanida istiqomat qiluvchi Sattorovlar oilasi farzandlari uchun Buxoro shahrida joylashgan "Yosh aloqachi" oromgohiga yo‘llanmalar taqdim etildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur oromgohda bolalarning taʼtil kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, Milliy gvardiya masʼullari tomonidan bolajonlar holidan doimiy xabar olinmoqda.