Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Buxoro viloyatida joriy yilning 4-18 fevral kunlari Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursi boʻyicha sayyor mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Mashgʻulotning dastlabki kunida tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursida oʻqish istagini bildirgan fuqarolarning emotsional ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan psixologik tashxislash ishlari amalga oshirildi. Unga koʻra, emotsional ruhiy barqarorlik darajalari maxsus metodikaga asosan fuqarolarning bezovtalik, frustratsiya, agressivlik, rigidligiga koʻra aniqlanadi. Mazkur emotsional ruhiy barqarorlikni aniqlashga qaratilgan tashxislash natijalariga ko'ra fuqarolar Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.