O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

 BUXORODA “PREZIDENT ARCHASI” TANTANALARI BO‘LIB O‘TDI

28.12.2023 616

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida, madaniyat va san’at saroylarida Yangi yil bayrami tadbirlari bo’lib o’tmoqda.
Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar yoshlarni vatanparvarlik, do’stlik, fidoyilik, tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish kabi ezgu g’oyalarga undamoqda.
Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari o’tkazilishi bolajonlar uchun beg’ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan. Ushbu tantanalar davomida Prezidentimiz sovg’alari topshirilishi esa kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo’shmoqda.
Bugun, 28 dekabr kuni viloyat musiqali drama teatrida “Prezident archasi” viloyat tadbiriga hududdagi oilaviy bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari, chin yetimlar, vasiylik va homiylikka olingan bolalar, xizmat vazifasini bajarish chog’ida vafot etgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlari hamda nogironligi bo’lgan o’g’il-qizlar taklif etildi.
Yurtboshimizning kelajagimiz egalariga ko’rsatayotgan mehr-e’tibor va g’amxo’rliklari hamda yurtimizdagi bolajonlikning yorqin ifodasini o’zida namoyon etgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etib, bolajonlarni Yangi yil bilan tabrikladi. O’qishlariga omad tilar ekan, ularni yangi va yuksak marralarni zabt etishga undadi.
Shundan so’ng viloyat hokimi boshchiligida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat sektor rahbarlari tomonidan “Prezident sovg‘asi” tantanali tarzda o‘z egalariga topshirildi.
Tantanalar teatrlashgan sahna ko‘rinishlariga ulanib ketdi. Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi bayram tomoshasi ishtirokchilarga unutilmas lahzalarni in'om etdi.