Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan oilalar farzandlariga atalgan "Prezident sovgʻalari" Buxoro viloyatiga yetib keldi.
Bayram sovgʻalarini Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligi va xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari kutib oldilar.
3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 549 nafar bolaga moʻljallangan "Prezident sovgʻalari" tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi oʻquv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.
Sovgʻalar joriy yilning 29-30 dekabr kunlari viloyatimizning shahar va tumanlarida boʻlib oʻtadigan "Prezident archasi" bayram tadbirlarida oʻz egalariga tantanali tarzda topshiriladi.