O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

PEDAGOGIKA VA BOLALAR TARBIYASI PSIXOLOGIYASI KURSLARIDAN O‘TGAN OILAVIY BOLALAR UYLARI OTA-ONALARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

28.12.2021 2463

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bugungi kunimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

Vazifalar ijrosini taʼminlash, tarbiyalanuvchilarni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish va bu bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kasb - hunarga o‘rgatish, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarni jismonan sog‘lom, maʼnaviy yetuk va dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi bolalarini o‘z qaramog‘iga olgan hamda oilaviy bolalar uylari tashkil etish niyatida bo‘lgan oliyjanob ota-onalarga zarur hayotiy bilimlar berilib, navbatdagi sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlari, maktabdagi qiziqadigan fanlari, do‘stlar bilan o‘zaro munosabati, kasb tanlash kabi mavzularda suhbatlashildi. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy pedagogik-psixologik holatini o‘rganish maqsadida, maxsus so‘rovnoma olindi. Mazkur so‘rovnomada shuningdek, tarbiyalanuvchilar o‘zlarini kelajakda qanday inson sifatida ko‘rishlari, o‘zlari kabi vaziyatga tushib qolgan bolalarga qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mumkinligi haqida fikrlarga javoblar olindi.