Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ullari viloyatda joylashgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari holidan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlar ulashdilar.
Mazkur tashrif davomida, bolajonlar bilan dars tayyorlash, bilim egallash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda sport, san'at hamda fan to‘garaklariga qatnashishi yuzasidan samimiy suhbat uyushtirilib, ularning ta'lim-tarbiyasi borasida ota-onalariga zarur maslahat va tavsiyalar berildi.