Bolalar Qor boboga yozilgan maktublarda so‘ragan sovg‘alarni topshirish masʼuliyati harbiy xizmatchilariga ishonib topshirildi. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari bunga tadbir davomida amin bo‘lishdi. Ularga sovg‘alarni tantanali ravishda topshirish va tabriklash maqsadida muassasaga tashrif buyurishdi. Harbiy xizmatchilar yigitlarni nafaqat tabriklab, ularga sovg‘alar taqdim etishdi, balki ular bilan zavqlanishdi – raqsga tushishdi, Yangi yil va qish haqida kim ko‘proq qo‘shiq va sheʼr aytishini bilish uchun musobaqalashdi.