Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda tashkil etilgan o‘n beshta Oilaviy bolalar uylarida Davlat gerbining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida, yoshlar o‘rtasida gerbimiz timsolini chizish borasida rasmlar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Ushbu bellashuvda Quva tumanidan "Qalbim mehrlari", Farg‘ona tumanidan "Kelajak va Baxt", Qo‘shtepa tumanidan "Mustaqil oilam kelajagim poydevori", Qo‘qon shahridan "Muqaddas rishtalar" va Furqat tumanidagi "Mehribon qalb" nomli Oilaviy bolalar uyi farzandlari o‘zgacha faollik bilan ishtirok etmoqda.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvar etib tarbiyalashda, qobiliyat va isteʼdodini ro‘yobga chiqarishda va har tomonlama barkamol avlod bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmlar tanlovida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanishi tashkil etilmoqda.