Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi taʼtil tugab, darslar boshlandi. 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida esa taʼtilning eng yorqin taʼsirotlari qoldi. Bolalar uchun qadimiy va navqiron bo‘lgan O‘zbekiston marvaridi hisoblangan Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Bolalar Samarqandni mashhur qilgan ko‘plab meʼmoriy va tarixiy yodgorliklarga, mashhur Registon maydoni va Ulug‘bek rasadxonasiga, go‘r Amir, Xo‘ja Doniyor va Shohi Zinda maqbaralariga tashrif buyurishdi.
Tarixshunoslarning qiziqarli maʼlumotlari yosh sayyohlarning Vatan va uning shonli o‘tmishi haqidagi bilimlarini kengaytirdi.