Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti tomonidan voyaga yetmagan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, reabilitatsiya markaziga o`gil-qizlarning tashrifi amalga oshirilib, ular bilan psixologik treninglar oʻtkazildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan oʻtkazilgan ijtimoiy-huquqiy masalalar boʻyicha jamoaviy hamda individual suhbatlar ularning hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.