Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan "Bog'ishamol" bolalar oromgohida yoshlar bilan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga ko'rgazmali chiqishlar, ot sporti va kamondan otish sporti bo‘yicha mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
O‘quvchi yoshlar bundan tashqari harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan himoya vositalari va anjomlari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi chiqishlari tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarni yozga ta’til vaqtlarini maroqli o‘tkazish, Milliy gvardiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yoshlarni kamondan otish va ot sportiga keng jalb qilishdan iborat.