Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Furqat tumanida istiqomat qiluvchi "Mehribon qalb" va "Murgʻak qalb" nomli Oilaviy bolalar uylarida tuman hokimi oʻrinbosari Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Artiqxoʻjayeva Ziroat opa ishtirokida "Oʻlkamizga xush kelding bahor" nomli tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan bahor fasliga bagʻishlab kuy-qoʻshiqlar kuylandi va raqslar guldastasi namoyish etildi.
Shuningdek, sumalak saylida pazanda qizlar oʻz qoʻllari bilan milliy taomlarimiz boʻlgan koʻk somsa, yupqa va taomlar sultoni oshni tayyorlashdi.