Shahrisabz shahri buyuk sarkarda Amir Temur tug‘ilgan joy va imperiyasining birinchi poytaxti sifatida tanilgan. Bu yerda tarixiy yodgorliklar ehtiyotkorlik bilan saqlanib kelinmoqda, shuningdek, ularning aksariyati YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Har bir sayyoh bu yerga tashrif buyurishni orzu qiladi. Dilobar Xamidovna va Rustam Mazhitovichlar o‘tgan yilning noyabr oyida Milana, opa-singil Yulduz va Nigina,Marjona va Ruxshona hamda Aslanbekni o‘z oilasiga qabul qilgan edi. Baxtiyor oila tez-tez dam olish kunlari Shahrisabzning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishadi.
Bu kabi ekskursiyalar barchaga o‘z ona shahri uchun hurmat va g‘ururni singdirishga hamda ularga mintaqa tarixi haqida ko‘proq maʼlumot olishga keng zamin yaratmoqda.