Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi "Muzeylar haftaligi" doirasida “Behbutovlar”, “Ochilovlar”, “Mattiyevlar” hamda “Asatulloyevlar” oilasi farzandlari uchun navbatdagi sayohat zamonaviy uslubda tashkillashtirilib, Ichki ishlar boshqarmasining “Jasorat” tarixiy muzeyida o‘tkazildi.
Eʼtirof etish joizki, sayohat davomida bolajonlar viloyat ichki ishlar organlari tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik namunasini ko‘rsatib halok bo‘lgan fidoyi xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, o‘tgan har bir davrning voqea-hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar, jangchi, soqchi, mirshab va militsionerlar hamda ular foydalangan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.