2021 yil 9 avgustdan joriy yilning 18 martigacha bo‘lgan so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, “Mehribonlik” uylari, bolalar uylari, bolalar shaharchalari va SOS uyushmasining bolalar mahallalaridan 1644 bola tarbiya uchun oila va yaqin qarindoshlariga, shu jumladan:
368 nafar tarbiyalanuvchi ota-onasiga qaytarildi;
142 bola yaqin qarindoshlar (tog‘alar, xolalar, buvilar, bobolar)qaramog‘ida;
163 nafar tarbiyalanuvchi vasiylik, homiylik yoki oilaviy tarbiyaga qabul qilindi;
116ta Oilaviy bolalar uylarida 677 tarbiyalanuvchi ota-ona qaramog‘ida (10 ta “Mehribonlik” uylari, 4 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uylari yopildi);
188 nafar tarbiyalanuvchi oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga qabul qilindi;
53 nafar tarbiyalanuvchi voyaga yetganligi sababli (18 yoshga to‘lganida)Mehribonlik uylarini tark etdi;
53 nafar bola Muruvvat uylariga ko‘chirildi.