Farg‘ona viloyatida joylashgan “Qo‘qon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yuzlab bolalar yozni zavq bilan o‘tkazmoqda, shu jumladan, oilaviy bolalar uylari farzandlari ham. Yangi do‘stlar, hovuzda suzish, sayrlar va turli hil ko‘ngilochar tadbirlar – bularning bari bolalar yozgi oromgohni yaxshi ko‘rishlariga sabab. Ammo bolalar tabiati shundayki, ular har qanday ko‘ngilochar o‘yinlardan ham tez zerikishlari mumkin. Shu sababli Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘qon shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan bolalar uchun “Yoshlar bog‘i”ga ekskursiya uyushtirildi. O‘g‘il-qizlar attraksionlarda maroq bilan uchishdi, bolalarni muzqaymoq bilan siylashdi, bolalar kechki payt charchagan, lekin juda mamnun holda oromgohga qaytishdi.