Uchinchi renessans bunyodkorlari bo‘lmish yosh avlodning taʼtil vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport turlariga keng jalb qilish maqsadida, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yoshlar bilan turli xil sport musobaqalari va enerjayzer o‘yinlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, kuni kecha Termiz shahridagi “Amudaryo” va "Oltinsoy Mirob" bolalar dam olish maskanida dam olayotgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda yoshlar o‘rtasida kamondan otish, stol tennisi, shaxmat-shashka musobaqalari va boshqa qiziqarli milliy o‘yinlar o‘tkazilib, g‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.