Mana shu ibratli so‘zni o‘ziga shior qilib olgan bizning harbiy xizmatchilarimiz yana bir ezgu ishga qo‘l urishdi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Xo‘jamag‘iz mfy da istiqomat qiluvchi, moddiy jihatdan ehtiyojmand, bir yo‘la to‘rt egizakni dunyoga keltirgan, hozirgi kunda besh nafar farzandni tarbiyalayotgan Odilovlar xonadonining eshik va derazalari yangilanib, uyining taʼmirtalab xonalari taʼmirlab berildi.