Farg‘ona viloyatida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga ekskursiyasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yoshlar mutaxassislar tomonidan Markazdagi ot sporti uchun mo‘ljallangan manej, sport trenajyor zallari, jangovar va elektron o‘q otish tirlari, kompyuter xonalari, Markaz tinglovchilarining o‘qish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi.
Sayohat davomida tarbiyalanuvchilar elektron o‘q otish qurollaridan otib ko‘rish va otlarda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ekskursiya mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida katta taassurot qoldirdi.