O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Farg‘onada 5 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi

2.5.2022 920

2021 yilning yoz oylarida Qo‘qon shahar 12-mehribonlik uyida tarbiyachi bo‘lib ishlab kelgan Nilufarxon Ro‘zmatova o‘zi tarbiyalagan bolalarga mehri tushib qolgani sabab, bir yo‘la 8 nafarini oilasiga farzandlikka oladi.

Bugun ular oila bag‘rida emin-erkin kamol topmoqda. Onaga aylangan tarbiyachi farzandlariga haqiqiy mehrni berib kelmoqda.

Har bir oila uchragani kabi bu xonadon egalari ham turmushning yarasha shirin tashvishlari bilan yuzlandi. Oila bekasi 5 nafar o‘‌g‘liga hatna to‘yi qilish arafasida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasiga murojaat qildi.

– Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shavkat Akbarovga murojaat qilgan kunimoq, Qo‘qon shahar hokimligi bola huquqlarini himoya qilish mutaxassislari darhol menga bog‘lanib, to‘y xarajatlariga yordam qilishini aytdi. Sal o‘tmay, Milliy gvardiya Qo‘qon shahar xodimlari sovg‘a-salom va velosipedlar bilan kirib kelishdi. Har qanday kunda ham davlat bizga madadkorligidan xursandman. Polkovnikka ikki farzandimning sog‘ligi masalasida qilgan murojaatim ham nazoratga olindi. Bu ikkisini bugun order asosida markaziy shifoxonalarda davolatib keldim. Oilaviy bolalar uyiga eʼtibor bu darajada kuchli bo‘ladi deb kutmagandim, – deydi 7 o‘g‘il va 1 qizning onasi N.Ro‘zmatova.

Boshqarma boshlig‘i Shavkat Akbarovga ko‘ra, Mehribonlik uyidan oila bag‘riga ketgan bolalarni barcha sohaarlda imtiyozlari saqlanib qoladi, Davlat ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi.

– Hali bular maktabni tamomlasa, oila bag‘rida o‘sgan bo‘lsa ham, Prezident qaroriga ko‘ra ularga o‘z uylarini beramiz. Bolalarning barcha ijtimoiy munosabatlardagi imtiyozi saqlanib qolgan. Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan huquqiy asoslantirilgan. Milliy gvardiya bu masalada farzand asrab olgan oilalarga beg‘araz yordamini berib keladi, – deydi polkovnik Shavkat Akbarov.