Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahar 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu tadbirning maqsadi yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirish, ularni kamondan otish kabi murakkab va shu bilan birga jismoniy va ruhiy taraqqiyotga hissa qoʻsha oladigan sport turi bilan tanishtirishdan iborat. Darslar davomida oʻquvchilarga kamondan toʻgʻri va aniq oʻq otish texnikasi, jismoniy va psixologiyaviy tayyorgarlik, shuningdek, kamondan otishning tarixiy ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi. Kamondan otish boʻyicha oʻtkazilgan ushbu darslar ishtirokchilarga nafaqat sport texnikalarini oʻrgatish, balki ularda masʼuliyat va intizom hissini shakllantirishga ham qaratilgan.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodni sogʻlom turmush tarziga, sportga va jismoniy tarbiyaga qiziqishini oshirishda muhim rol oʻynashi shubhasiz.