O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor davomida qo‘yilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatidagi Quva, Qo‘shtepa, Toshloq tumanlaridagi Oilaviy bolalar uylarining yashash sharoitlari o‘rganildi. Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar Farg‘ona shahar Tibbiyot markaziga olib borildi.
Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Boshqarma boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov tomonidan ota-onalarning hamda farzandlarning talab va istaklarining bajarilishi hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.