Favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Xududgaz va Elektr tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida, xonadonlardagi yong‘in xavfsizligi,gaz, elektr va boshqa xizmat ko‘rsatish jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ota-onalar va oila aʼzolariga yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.