Mattiyevlar oilasi farzandlarining salomatligini ko‘zdan kechirish hamda kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida bolajonlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda doimiy jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish ratsioniga amal qilish borasida tegishli maslahatlar berildi.
Tadbir yakunida tibbiy ko‘rikdan mamnun bo‘lgan yoshlar malakali shifokorlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.