Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bolalar bayrami tashkil etildi.
Bolajonlar Mulla To'ychi nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, “O‘jar qizning injiqliklari” spektaklini tomosha qilishdi. Qiziqarli taassurotlarga boy bo’lgan, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi azaliy kurashni bola tilida ochib bergan sahna ko`rinishlari, aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’ldi.
Shuningdek, Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uyi bolajonlari uchun Qarshi tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shubasi, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi vakillari hamda xodimlar hamkorligida tarixiy maskanlarga sayohat uyushtirildi.