Fargʻona viloyati Furqat tumanida istiqomat qiluvchi "Mehribon qalb" nomli Oilaviy bolalar uyi farzandlari opalari Fotima va Zuhraning tavallud ayyomi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir suratlari bilan boʻlishdi.
Suratlarda uzoq vaqtdan buyon oilaviy bayramni kutgan bolajonlar va ularga bor mehr va eʼtiborini qaratayotgan onaning baxtiyor chehralari aks etgan.
Marosimning ahamiyatli jihatidan biri bu-qizlarni tabriklash uchun Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi vakillari ham tashrif buyurganligi boʻldi.