Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Oila muqaddas dargoh" shiori ostida bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda "Mustaqil oilam kelajagim poydevori“,”Oilam – baxtim quvonchi“,”Yangi davr kelajak avlodlari", "Kelajak va Baxt" va "Qalbim mehrlari" nomli Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari,ota-onalari hamda oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Tarbiyalanuvchilarning oiladagi muhitga ko‘nikishlari va ularni hayot sinovlariga tayyorlash maqsadida hayʼat aʼzolari tomonidan bellashuv shartlari tuzildi. Tadbir davomida ishtirokchilar 3 ta shart asosida; salomlashish, pazandachilik sirlari va taom tayyorlash, bilimdonlar bellashuvi va erkin mavzular bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
G‘olib bo‘lgan jamoalar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.