Mazkur tadbir Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Guliston davlat Pedagogika instituti "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari hamda o'quvchi yoshlarni harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda Uch avlod uchrashuvi hamda viloyatdagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘zlarining zamonaviy harbiy va maxsus texnikari bilan ishtirok etishdi.