Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida istiqomat qiluvchi "Mehribon qalb" nomli Oilaviy bolalar uyida bugun katta bayram: Gulshod Habiyeva bugun maktabni a’lo baholarga tamomladi. Gulshod tahsil olgan 22-sonli taʼlim dargohida bo‘lib o‘tgan so‘nggi qo‘ng‘iroqda uning nomi faxrli o‘quvchilar qatorida tilga olindi.
Gulshodning ota-onasi uchun tarbiyasining samarasini ko‘rish, o‘qituvchilar, qo‘ni-qo‘shnilar qizini tabriklab, unga baxt-saodat hamda katta hayotda muvaffaqiyatlar tilashlarini eshitish katta baxtdir.