Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi inspektor psixologlari IIBB yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari bilan hamkorlikda maktablarda o‘quvchilar bilan yoʻl harakati qoidalarini tushuntirish boʻyicha muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.Maktab oʻquvchilariga bunday darslar yoqadi, chunki suhbatlar dialog shaklida oʻtkazilib,xodimlar oʻsmirlarning savollariga javob berishadi, shuningdek, yoʻl belgilari va ularning maʼnosini tushuntirishadi. Nazariy materialni mustahkamlash uchun tematik videofilmlar namoyish etiladi. Suratlarda Yunusobod tumanidagi 220-maktabda yo‘l harakati qoidalari darslari aks etgan.